Kuni kecha xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashiga kelib tushgan murojaatlarni hal etish maqsadida maxsus ishchi guruh Yangiqishloq mahallasida bo‘ldi.
Guruh tarkibida tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Hayitova, Mahallalar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i S.Rahmonov hamda tuman Nuroniylar kengashi raisi B.Saidovlar fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.
O‘rganishlar davomida uy-joyga muhtojligi bo‘lgan fuqaroning masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Ishchi guruh a’zolari fuqaroning otasi bilan suhbatlashib, mavjud tomorqa yer maydoni hisobidan alohida uy-joy qurish imkoniyatlarini kelishib oldilar.