Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Topshiriqlar ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport” masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Navbahor mahallasi hududidan o‘tgan ichki sug‘orish va oqova suv kanallarini tozalash ishlari tashkil etilib, mavjud muammolar bartaraf etilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududning sanitariya holati yaxshilanib, suv oqimining erkin harakatlanishi ta’minlandi.

Slide 1 of 6