Yangiliklar

BAXMALDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA

🏫 BAXMALDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati S.Mustafaqulova "Qutlug‘obod" MFY hududida joylashgan 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🏗 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Qurilish ishlarining sifati va belgilangan me’yorlarga mosligi;
✅ Binoning isitish tizimi va bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar;
✅ Rekonstruksiya ishlarini muddatida yakunlash va foydalanishga topshirish choralari.

📍 Maqsad bitta: Kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarimiz zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega bog‘chada ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash.

🔎 Deputat qurilish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berdi.

Jarayon deputat tomonidan qat’iy NAZORATGA OLINDI.