Yangiliklar

Parrandachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida “ZARBDOR GREEN FEED” MChJ tomonidan naslchilik yo‘nalishida parrandachilikni tashkil etish loyihasi o‘rganildi.
Mazkur loyiha hududda parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sifatli mahsulot yetishtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6