Bugun Urganch shahar ko‘chalaridan birida yana bir muammo – ochiq lyuk haqida murojaat tushdi. Bu nafaqat noqulaylik, balki ayniqsa kechqurun va tun vaqtida fuqarolar, ayniqsa bolalar uchun jiddiy xavf tug‘dirardi.
Deputat R. Babajanov masalani shaxsan nazoratga oldi. Tez orada tegishli xizmatlar chaqirilib, tezkor ishchi guruhi yetib keldi. Bir necha soat ichida ochiq lyuk to‘liq yopildi va yo‘l qayta tartibga keltirildi.
Natija: Muammo bartaraf etildi! Endi bu hudud xavfsiz va tartibli holatga keltirildi.
R.Babajanov har doim fuqarolarimizning muammolarini tez va samarali hal etishga tayyor ekanligini yana bir bor isbotladi.