Yangiliklar

Deputat mahallada

 Yoshlar bandligi va ijtimoiy himoyasi — deputatlar e’tiborida 

Chimqo‘rg‘on mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan
ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash holati i o‘rganishdi.
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Usmonova va kotibiyat xodimi
G.Hudoyqulova mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini tahlil qildilar.
 

Xatlov davomida aniqlangan ishsiz yoshlardan 13 nafari «Hunarmand»
uyushmasiga a’zo qilindi va ustoz-shogird an’analari asosida bandligi
belgilandi.
 

 Mahalladagi 2 nafar «og‘ir» toifaga
kiritilgan yoshlar shaxsan tuman hokimi M.Aripovga biriktirilib, ularning
muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda.
 

Probatsiya hisobida turgan 1 nafar yosh sog‘lom hayotga qaytarilib,
hisobdan chiqarildi.
 

 1 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilish
tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tdi, yana 3 nafar yoshning doimiy ish o‘rinlariga
joylashishi ta’minlandi.
  

Slide 1 of 2