Yangiliklar

Hamkorlik – amaliy natijalar sari muhim qadam!

 “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik doirasida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Mazkur qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganilib, amaliy yechim topish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.

 Ushbu hamkorlik fuqarolar muammolarini joyida hal etish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.