Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

⚪️ Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahallani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

⚪️ Ochiq va yuzma-yuz muloqotlar chog'ida fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Mahalliy aholi vakillaridan kelib tushgan qator murojaatlar shu erning o'zida hal etildi. Yechimi uzoq vaqt talab etadiganlari esa deputatlik nazoratiga olindi. Eng muhimi, hech bir fuqaroning murojaati e'tiborsiz qolmadi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi muammolarni o‘rganish hamda ularni bosqichma-bosqich hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3