Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sessiyada Prezidentimizning Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatining 2025-yildagi natijalari va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.