🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga "Adolat" Sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna deputatlik so‘rovi yoʻlladi
📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekimbetova Sayyara Seytimovna mahallada fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ko'kalamzorlashtirish, infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tumani obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.
⚡️ Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Jumamuratovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Navro‘z, Shumanay ko‘chalari yog‘ingarchilik oqibatida loy bo‘lib, aholining, avtomobillarning harakatlanishi qiyin bo‘layotganligi va bu yo‘llarni tosh qum aralashmasi (ЩПС) bilan tekislashni;
🟢 Xo‘jayli ko‘chasi yo‘l bo‘yidagi daraxtlarni sug‘orish, ko‘kalamzorlashtirish uchun ariqlarga suv yetkazib berilishini;
🟢 Shuningdek, Sharbag‘, O‘zbekiston ko‘chalariga qora asfalt qoplamasi yotqizish masalasi bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishlarini so‘radi.
📥 Bekimbetova Sayyara Seytimovna mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.
✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Telegram (https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi)