Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Turdiyev Kengash deputatlari bilan birgalikda Taxiatosh dehqon bozorida bo‘lib, aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolari hamda mahsulotlar yetarliligi holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida savdo rastalaridagi narxlar, mahsulot sifati va bozordagi ta’minot darajasi tahlil qilindi. Sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Aholi manfaatlarini himoya qilish, bozorda barqaror narx-navo va yetarli ta’minotni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish ta’kidlandi.