Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
Doimiy komissiya yig’ilishida:
- O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Buxoro shahrida zahira va imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan drayver loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish to‘g‘risida
️ Mazkur masalalar bo’yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan o’z taklif va qo’shimchalarini bildirildi va navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish bo’yicha doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi.