Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qayta ko‘rib chiqilgan loyihasi muhokamaga qo‘yilgani — bugungi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan o‘ta muhim siyosiy va amaliy qadam, deb hisoblayman.

Eng avvalo, strategiyadagi 444 ta samaradorlik ko‘rsatkichining zamon talablari asosida qayta tahlil qilinishi islohotlarning shunchaki reja emas, balki aniq natijaga qaratilganini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlarning “har bir inson va oila hayotida sezilishi” shart qilib belgilanishi — davlat siyosatining markazida inson manfaati turganining yaqqol ifodasidir.  

Slide 1 of 1