Yangiliklar

7-SONLI MAKTABDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni mustahkamlash, pedagoglar hamda ota-onalar hamkorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2