Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjieva Muhabbat Haydaraliyevna tomonidan Toshkent pedagogika texnikumida pedagog xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda ta’lim tizimida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, ta’lim jarayonida adolat va xolislik tamoyillarini ta’minlashi muhimligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ta’lim muassasalarida ochiqlikni ta’minlash — samarali faoliyatning muhim omilidir

Slide 1 of 5