Yangiliklar

DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.

DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova tomonidan Bog‘ mahallasidagi aholi xonadonlarini xonadonbay o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
O‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari, muammo va takliflari o‘rganilmoqda. Shuningdek, aholini qiynayotgan masalalarni hal etish, mavjud muammolarga tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilanmoqda.
Kotibiyat mudiri N.Dedaxanovaning xonadonbay o‘rganishlari aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda

Slide 1 of 1