Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oylik_Ish_reja_ijrosi #Ish_reja_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi 19¹-modda 🏗 Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Qizilolma” mahallasining Shalqon qishlog‘ida deputatlik nazorati amalga oshirildi.
📌 Nazorat tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida barpo etilayotgan 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish jarayonlarini qamrab oldi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, qurilish jarayonining amaldagi holati hamda ishlarning tasdiqlangan talablar asosida olib borilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.
📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Mazkur loyihaning amalga oshirilishi qishloq hududida maktabgacha ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirish, bolalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
✅ Qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati davom ettiriladi.