Yangiliklar

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Mahallada ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Dilshod Soliyev tomonidan “Navnihol” mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va murojaatlar bilan ishlash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2