Yangiliklar

BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_nazorati
#yoshlar_maslahat_guruhi

BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Paxtakor tumani Do‘stlik mahallasida bitiruvchi yoshlarning bandlik holatini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayonda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Karimov hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Xayrullayev mahalla raisi, mahalla soliqchisi va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda yoshlarning bandlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida bitiruvchi yoshlarning ish bilan ta’minlanganligi, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlari va mavjud muammolari o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash hamda ishga joylashishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolariga amaliy yechim topish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5