Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

MAHALLADA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasi oqsoqoli Xakimov Azimjon ota bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash, oilalardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda kelishmovchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va aholi o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish yuzasidan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.

Slide 1 of 2