Yangiliklar

🔹 Mirzadala mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashiga O‘zASDPdan saylangan 9-Mirzadala saylov okrugi deputati I. Xolmurzayev tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 23-bandi ijrosi yuzasidan o‘zi saylangan Mirzadala mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
🏺 O‘rganishda hududda milliy tandirlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning amalga oshirayotgan ishlari, ishlab chiqarish jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, tadbirkor bilan suhbatlashilib, uning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar, taklif va mulohazalari tinglandi.