Yangiliklar

Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida

⚡️Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida

🤔Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati A. Axtamovga Pastdarg‘om tumani “Qorovultepa” mahallasi Ezgu Niyat ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.

👍Murojaatda qayd etilishicha, viloyat Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur doirasida “Qorovultepa” mahallasida sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari uchun zarur infratuzilmani shakllantirish belgilangan.

🔘Biroq Ezgu Niyat ko‘chasining umumiy 600 metr uzunlikdagi qismidan qariyb 200 metri loyihadan chetda qolgan. E’tiborli jihati, ushbu qism ko‘chaning o‘rtasida joylashgan bo‘lib, mazkur hududda 20 dan ortiq xonadon mavjud. Yo‘lning ushbu qismi infratuzilma loyihasiga kiritilmagani fuqarolarning kundalik qatnovida noqulayliklar yuzaga keltirmoqda.

👍Fuqarolar ko‘chaning loyihadan chetda qolgan 200 metr qismini ham manzilli dasturga kiritish hamda zarur infratuzilma bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘ragan.

🔖Deputat A. Axtamov tomonidan mazkur murojaat o‘rganilib, unda ko‘tarilgan masalani tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 4