Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Oydinko‘l” mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Oydinko‘l” mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan “Oydinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan yangi mahalla binosi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur obyekt uchun umumiy qiymati 250 million so‘mlik loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilishda foydalanilayotgan materiallar davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Qurilish-montaj ishlari esa mahalla aholisining faol ishtiroki va hashari asosida amalga oshirilayotgani alohida e’tirof etildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, bajarilish sur’ati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari sifati va samaradorligini oshirish, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda mahalla tizimi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 2