Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Yosh iste’dodlar faoliyati bilan tanishildi

 Yosh iste’dodlar faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nurmatov tomonidan Namangan shahar Madaniyat bo‘limi tizimidagi to‘garaklar faoliyati va yosh iste’dodlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, to‘garak a’zolarining ijodiy chiqishlari va tayyorgarlik jarayonlari kuzatildi.

Mutasaddilar tomonidan madaniyat muassasalarida yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni san’at va madaniyatga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholanib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, milliy san’at va madaniyatga mehr ruhida voyaga yetkazish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4