Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
#O‘qituvchi_va_murabbiylar_kuni 🎓 USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZDA.

#O‘qituvchi_va_murabbiylar_kuni

🎓 USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZDA.

Angor tumanida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylar, faxriy ustozlar, soha vakillari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🎤 Bayram dasturidan Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq, raqs va badiiy chiqishlar o‘rin olib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etdilar. Deputatlar o‘z tabriklarida ustozlarning yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladilar.

Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki inson qalbiga ezgulik, ishonch va kelajakka intilish tuyg‘ularini singdiruvchi buyuk kasb egasidir.

Slide 1 of 1