Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
BANDLIK — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING MUHIM OMILI

Kengashning haftalik ish rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan Bekto‘pi MFYda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida mahallada 44 ta oila kambag‘allik reyestriga kiritilgani aniqlandi. Ularning 19 tasi nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi va boshqa ijtimoiy holatlar sababli davlat ta’minotida.
Shuningdek, mazkur oilalar a’zolaridan 2 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, yana 1 nafar fuqaro ayni paytda tegishli tashkilotda amaliyot o‘tamoqda.
🔹 O‘rganishlar jarayonida reyestrga kiritilgan oilalar tarkibidan 10 nafar fuqaro ishlash istagida ekani va ish izlayotgani aniqlandi.
Jumladan, Mirzayeva Malohat, Eshquvatova Nodira, Mirahmedova Dilrabo va yana 7 nafar fuqaroning kasb-hunari, qobiliyati va mehnat imkoniyatlaridan kelib chiqib, deputatning amaliy ko‘magi asosida MChJ “Tashkent Trade Center” xorijiy korxonasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
🎯 Asosiy maqsad — fuqarolarni shunchaki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, doimiy daromad manbasini shakllantirish va oilalar farovonligini oshirishdir.
🤝 Bandlikni ta’minlash — oilaga daromad, daromad esa barqaror farovonlik demakdir.

Slide 1 of 3