Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
MAKTAB HUDUDIDA MAKTABGACHA TA’LIM UCHUN YANGI IMKONIYAT YARATILMOQDA

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

MAKTAB HUDUDIDA MAKTABGACHA TA’LIM UCHUN YANGI IMKONIYAT YARATILMOQDA

🤔 Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 197-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida foydalanilmay turgan, ta’mirtalab binoda maktabgacha ta’lim xizmatlarini tashkil etishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.

📇 Mazkur loyiha maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiyaga jalb etish, ularni maktab ta’limiga tayyorlash hamda bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.

🧠 Maktabgacha ta’lim bolaning ilk rivojlanish bosqichi sifatida uning bilim olishga qiziqishi, ijtimoiy ko‘nikmalari va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

📈 Loyiha doirasida foydalanilmay turgan binoni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash va maktabgacha ta’lim jarayoni uchun moslashtirish ko‘zda tutilgan. Xususan, bolalar uchun xavfsiz va rivojlantiruvchi muhit yaratish, mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.

💼 Mazkur loyihaning amalga oshirilish holati Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi A.Giyasov ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

Slide 1 of 2