Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
💧 Hudud infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “G‘ambur” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida mahalla hududida olib borilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

💧 Jumladan, hududda beton suv o‘tkazgich lotoklarini qurish ishlari o‘rganilib, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda ishlarning borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ishlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini deputatlik nazorati asosida o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5