Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
“Yashil makon” loyihasi doirasida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishning asosiy maqsadi — hududda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish uchun maqbul yer maydonlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni baholash hamda loyiha doirasida belgilangan ishlarning amalga oshirilish holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida hududning ekologik holati, mavjud yer maydonlarining holati, ko‘chat ekish imkoniyatlari hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mazkur masalalar yuzasidan deputat Sh.Xasanova tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, ko‘chat ekish uchun belgilangan hududlarning infratuzilmaga yaqinligi, sug‘orish imkoniyatlari hamda kelgusida yashil maydonlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ayrim ishlarning belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazilmayotgani hamda ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etishda kechikishlar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masalalarni ijobiy hal etish, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni jadallashtirish va belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4