Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Rayhon” MFY ATX ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tomonidan ta’mirlash ishlarining borishi, yo‘l qoplamasini yangilash jarayoni hamda amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan tartib va talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda ta’mirlash ishlarining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida yo‘l ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish, belgilangan muddatlarga rioya etish, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3