Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Qo‘qon shahridagi geografik obyektlar nomlarini tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori talablaridan kelib chiqib, shahardagi geografik obyektlar — ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘chalar nomlarini tartibga solish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Geografik obyektlar nomlarini tartibga solish yuzasidan davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan takliflar hamda ekspert komissiyasi xulosalari asosida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining VII-29-77-11-166-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: Qo‘qon shahrida mavjud 850 ta geografik obyekt — ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘chalarning nomlari tartibga keltirilib, qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi.

Amalga oshiriladigan ishlar:

️Qo‘qon shahar komissiyasi tomonidan taqdim etilgan va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt — ko‘cha nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritiladi.

Qaror va unga ilova qilingan tegishli ma’lumotlar 10 kun muddatda Kadastr agentligiga geografik obyektlar nomlarini davlat reyestriga kiritish uchun taqdim etiladi.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash uchun Qo‘qon shahar hokimligi va Kadastrlar palatasi Qo‘qon shahar filiali rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9