Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Fuqarolar qabuli hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Fuqarolar qabuli hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Toshmatova tomonidan 12-Dambog‘ saylov okrugi hamda “Taraqqiyot” MFY hududida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda hal etish bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.

Qabul yakunlangach, hududda istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda advokat Fathiddin Karimov so‘zga chiqib, bitiruv kechalari, xususan 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida qonuniylik va intizomni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🔹 Shuningdek, yoshlar tomonidan turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

🔹 Ota-onalarga esa farzandlarining xulq-atvori va yurish-turishi ustidan nazoratni kuchaytirish, ularni turli xavf-xatarlardan asrash hamda mas’uliyat hissini oshirish borasida zarur tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ular ongida qonunlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda profilaktik ishlarni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🟦 

Slide 1 of 5