Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
“AHIL” MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA

Olmazor tumanining “Ahil” MFY hududidagi Orif Xatamov ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida asfaltlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

➡️ Xususan, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 10-“Ahil” saylov okrugi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan mazkur hududdagi yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ishlarning borishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🔹 Ta’mirlash ishlari doirasida ko‘chaning nosoz va ta’mirtalab qismlari tekislanib, yangi asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

🔹 Ishlarning tungi vaqtda ham jadal davom ettirilishi transport harakatiga imkon qadar kamroq noqulaylik tug‘dirishga xizmat qilmoqda.

🔹 Mazkur ishlar yakunlangach, hudud aholisi va haydovchilari uchun yanada qulay, xavfsiz hamda sifatli harakatlanish sharoitlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

📌 Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni amaliy hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifat va samaradorligini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar belgilangan reja asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4