Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosi doirasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i M. Mullabayev tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritildi.

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot tanqidiy muhokama qilinib, mavjud muammolar va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga xavfsizlikni ta’minlash, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash hamda nazorat qilish mas’ullarga yuklatildi.

Slide 1 of 5