Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
YANGI SANOAT MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

YANGI SANOAT MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Sodikova Barchinoy Musakulovna tomonidan Yangi sanoat mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi ishlab chiqildi.

📊
Mahalladagi ijtimoiy reyestrda 62 ta oila mavjud:
🔹 18 ta — davlat ta’minotidagi;
🔹 33 ta — kambag‘al;
🔹 11 ta — kambag‘allik chegarasidagi oilalar.
🎯 Faoliyat rejasida:
👨‍👩‍👧‍👦 18 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
📚 8 nafarni ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish;
🏥 35 nafar fuqaroga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
💼 12 nafar fuqaroni daromadli mehnatga jalb etish;
🏠 13 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash vazifalari belgilangan.

💼 Bandlikni ta’minlash yo‘nalishida mahalladagi 32 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish maqsadida mikroloyihalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

🌍 Shuningdek, uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 93 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash, kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash choralari belgilanmoqda.

🛣 Ijtimoiy infratuzilma bo‘yicha Samarqand ko‘chasini ta’mirlash, piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish, ichki ko‘chalarda obodonlashtirish va ariqlarni tozalash ishlari rejalashtirilgan.

🏗 Investitsiya loyihalari doirasida Yangi sanoat MFY binosini mukammal ta’mirlash hamda mahallada keksalar va yosh bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun talabga javob beradigan tibbiyot binosini barpo etish masalalari belgilangan.

👥 Mazkur vazifalarning ijrosi tegishli tashkilotlar, “Mahalla yettiligi” vakillari va mutasaddilar bilan hamkorlikda muntazam deputatlik nazoratiga olinadi.
📒 Deputat daftari — muammoni aniqlash, aniq vazifa belgilash va ijroni nazorat qilishning amaliy vositasi.