Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi S.Ochildiyev tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, fuqarolarni oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning doimiy daromad manbalarini kengaytirish hamda mahallada iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3