Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qo‘qon shahridagi 850 ta geografik obyekt — ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘chalarni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorgarlik jarayonlari davom ettirildi.

Mazkur masala yuzasidan Qo‘qon shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Alimova hamda Qo‘qon shahar Kadastrlar palatasi rahbari B.Erkaboyev ishtirokida qaror loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq amaliyot o‘rganildi.

O‘rganish davomida geografik obyektlarning nomlarini tegishli kadastr tizimiga kiritish tartibi, mavjud ma’lumotlarni shakllantirish va ularni tizimda aks ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ko‘chalarni belgilangan tartibda toifalash va turkumlarga ajratish, har bir geografik obyektga mos nom tanlash jarayonlari yuzasidan amaliy ishlar bilan tanishildi.

Yangi nomlarni shakllantirishda tanlangan nomlarning boshqa hududlardagi mavjud ko‘cha va geografik obyektlar nomlari bilan bir xil yoki takroriy bo‘lib qolishining oldini olish, nomlarning o‘ziga xosligi va tegishli ma’lumotlar bazasida to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan jihatlar asosida navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan qaror loyihasini takomillashtirish, ma’lumotlarni aniqlashtirish va amaldagi tartiblarga muvofiq shakllantirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5