Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "25-Xitoy" saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdulayevlar tomonidan "Chuvalanchi" mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori Y.Tolipovning 2026-yilning shu kunga qadar amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Xususan, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlaridagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Hisobot davrida “Chuvalanchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jinoyat sodir etilmagani va mahalla “yashil” toifaga kiritilgani ijobiy holat sifatida qayd etildi.

Yakunda hududda osoyishtalik va jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash, profilaktik ishlarni kuchaytirish, aholi bilan individual va manzilli ishlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3