MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov 10-Pulhokim saylov okrugi deputati G‘.Toshboyev bilan birgalikda Pulhokim mahallasi raisi faoliyatini o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, obodonlashtirish va hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅ Shuningdek, aholi muammolarini manzilli o‘rganish, ularni hal etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mahalladagi mavjud masalalarni tizimli bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.