Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 4-Turon okrugi deputati, O‘zbekiston Milliy tiklanish a’zosi Joxongir Gulamov “Turon” mahallasi, Parkent ko‘chasi 123-sonli ko‘p kvartirali uy aholisi murojaatlari bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda, “Turon” mahallasi, Parkent ko‘chasi 123-sonli ko‘p kvartirali uy old tomonidagi mahalla guzari (eski to‘yxona) va bolalar maydonchasining sotuv to‘g‘risidagi ma’lumotlari taqdim etilishida amaliy yordam so‘ralgan.