Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

⚖️ Kotibiyat va "Madad" NNT hamkorligi: Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi

⚖️ Kotibiyat va "Madad" NNT hamkorligi: Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda "Madad" nodavlat nonprofit tashkiloti (NNT) hamkorligida aholining huquqiy savodxonligini oshirish va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida fuqarolar uchun huquqiy maslahat berish tadbiri tashkil etildi.
Muloqot davomida fuqarolarga ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, yer va mulk huquqi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi turli huquqiy masalalar yuzasidan malakali tushuntirishlar va bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘mak berish borasidagi bunday hamkorlik tadbirlari tuman Kengashi kotibiyati tomonidan doimiy ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3