Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI KO'ZDAN KECHIRILDI

TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI KO'ZDAN KECHIRILDI

➕Tumanimizda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shifoxona binolarni zamonaviy talablar asosida yangilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Xususan, birlashma bo‘limlaridan chiqadigan maishiy-xo‘jalik chiqindilarini haydashga mo‘ljallangan kanalizatsiya nasos stansiyasi 1984-yilda qurilgan bo‘lib, uzoq yillar davomida ishlatilishi natijasida quvurlari to‘liq yaroqsiz holatga kelgan va bu ayrim noqulayliklarga sabab bo'layotgan edi.

✅Tegishli davlat dasturi asosida qariyb 1 milliard 400 million so‘m evaziga KNS qayta ta'mirlandi va ayni paytda to‘liq ish faoliyatida.

​✅Shuningdek, tuman hokimligi tashabbusi bilan tibbiyot birlashmasidagi Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘limi binosining tom qismi ham qayta ta’mirlanmoqda.

✅Bu kabi sa’y-harakatlar muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va ish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

👨‍💼Tuman hokimi J.Pardayev DXX tuman mas’uli, prokuror, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari hamrohligida tibbiyot birlashmasida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan va davom etayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🏙Shuningdek ​o‘rganishlar jarayonida bemorlar va tibbiyot xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar, qozonxonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, isitish tizimining holati, ​hududning tozaligi va olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari ko'zdan kechirildi.

✅​Jarayon davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida va sifatli bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq va kechiktirib bo‘lmas vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 6