Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
“Guliston” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!

Yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Homidov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimi va yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududda yoshlar bilan ishlash holati, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida yoshlar yetakchisi tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 10 nafar yoshning kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim, kasb-hunar va turli loyihalarga jalb etish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etilib, yoshlar yetakchisi faoliyatining samaradorligi va amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, mavjud muammolarini manzilli hal etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.