Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tumanning “Istiqlol” mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini o‘rgandi.

🔻O‘rganishdan asosiy maqsad ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun yaratilgan sharoitlar, umumiy foydalanishdagi hududlarni saqlash va obodonlashtirish, uy-joylarning texnik holatini nazorat qilish, kommunal xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatini deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

🔻O‘rganish jarayonida boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, uylarning umumiy foydalanishdagi qismlarini saqlash, kirish yo‘laklari va zinapoyalarning sanitariya holati, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud infratuzilmani asrash borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, uy-joylarda yuzaga kelayotgan texnik va maishiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish holati ham o‘rganildi.

🔻O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifati, hududlarning obodonligi va aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishi deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Slide 1 of 3