Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
"Ochiq budjet" g‘olibi bo‘lgan mahalla ko‘chalarida bajarilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Deputat Z.Raximberganova “Nurobod” mahallasida xonadonbay o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi 1-sonli maktabda qo‘shimcha bino qurilishi va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Sayyor o‘rganish davomida murojaat tinglandi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar muammolari o‘rganildi
янв.21
Paxta yig‘im-terimi jarayoni
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
🛝 7-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA BOLALAR O‘YINGOHI TASHKIL ETISH MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan Qatortol mahallasida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasa hududida bolalarning ochiq havoda harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun bolalar o‘yingohi mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan 2026-yil 23-sentabr kuni Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.K. Xamrayevga 81-ds-413-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

🔹 Bolalar o‘yingohini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish;

🔹 Mavjud bo‘sh hududdan samarali foydalanish;

🔹 Xavfsizlik talablariga javob beradigan o‘yin jihozlarini o‘rnatish;

🔹 O‘yingohni qurish va jihozlash uchun moliyalashtirish manbalarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Saidov Ulug‘bek Aripovich bolalarning jismoniy rivojlanishi, harakat faolligi va xavfsiz muhitini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.