Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati
A. Saidaliyev tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish yuzasidan navbatdagi qabul tashkil etildi.
✍️Qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi. Jumladan:
🔹Kommunal soha: Elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari.
🔹Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalarga imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish masalalari.
🔹Iqtisodiy imkoniyatlar: Ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘mak.
🔹Huquqiy va maishiy masalalar: Uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish hamda mulk huquqiga oid murojaatlar.
✅Deputat A. Saidaliyev tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, muammolarni qonun doirasida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
📌Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!