35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi

 #liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan hududdagi ko‘p qavatli binolarda liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🛠 Liftlarning uzluksiz ishlashi va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;

🧹 Sanitariya holati: Lift kabinalarining tozaligi va yoritish tizimi;

📞 Nosozlik yuzaga kelgan holatlarda dispetcherlik xizmatining samaradorligi;

📄 Liftlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik muddati va mas’ul tashkilotlarning shartnomaviy majburiyatlari.

"Lift — bu nafaqat qulaylik, balki yuqori darajadagi xavfsizlik obyekti hamdir. Aholi, ayniqsa keksalar va yosh bolali ayollar uchun liftlarning soz bo‘lishi o‘ta muhim masaladir," — deb ta’kidlashdi deputatlar.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2