Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi

#sessiya_oldi_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama qilindi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Muhokama davomida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida tuman hokimligining “Tuman mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hisoboti tahlil qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi doirasida tumandagi ayrim mahallalarning kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 100 million so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilganligi qayd etildi.

Shu bilan birga, taqdim etilgan hisobotda kuzatuv kameralari o‘rnatilishi rejalashtirilgan mahallalarning manzilli ro‘yxati keltirilmaganligi aniqlanib, mazkur kamchilikni bartaraf etish hamda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3