Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_muhim_masala

Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdimo'minovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bandixon" MFYda bo‘lib,mahalladagi ijtimoiy xodimining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, xususan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, mahallada ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida tizimli ishlarni yuqori darajaga olib chiqish va fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rishni jadallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda turli ijtimoiy dasturlar doirasida ishlar tashkil etilgan.

O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Jumladan, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda yanada chuqur tahlil olib borish, nogironligi bor yoshlar va ayollar bilan ishlashni kuchaytirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda profilaktik ishlarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📄Yakunda ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1