Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-Shalxar saylov okrugi deputati K. Narchayev tomonidan Shalxar OFY hududida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Shalxar OFY ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holatlari ham o‘rganilib, mazkur jarayonlarning belgilangan tartibda va manzilli amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2